13июн

1-Urologiya bo'limi

1-Urologiya bo'limi 2007 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, 10 ta palataga ega, 5 tasi bir kishilik, 2 tasi 1 kishilik palata, 3 tasi uch kishilik palata, 1 tasi to'rt kishilik. Bo'limda ovqatlanish xonasi, dispenser, muzlatgichlar mavjud. Bo’limda zarur mebellar, alohida sanitariya bloki bilan jihozlangan va televizor, muzlatgich va konditsioner mavjud.
     Bo`limda 3 nafar shifokor faoliyat yuritib bormoqda, Shulardan bo`lim mudiri ikkinchi toifali shifokor Matnazarov Egamnazar Nematjonovich 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, Atamurotov Suhrob Ravshanovich 2016-yildan buyon ishlab kelmoqda, Matqurbonov Umrbek Baxtiyorovich  2013 -yildan buyon ishlab kelmoqda, bo'limda 7 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. 1 Urologiya bo’limi – bu kasalxonaning bo’limi bo’lib, unda bemorlar operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrda davolanadi, tashxis qo’yish va operatsiyadan oldingi tayyorgarlik uchun kasalxonaga yotqizilgan bemorlar, shuningdek, kasalxonada konservativ davo olayotgan bemorlar. Har yili bo’limda 1100 ga yaqin bemorlar davolanadi, ularning aksariyati, prostata bezining yaxshi giperplaziyasi, erkaklar jinsiy a’zolarining kasalliklari, siydik yo’llarining onkologik kasalliklari, siydik etishmovchiligi, o`tkir siydik tutulishi va boshqalar ko'pgina "Urologik" kasaliklarga davo choralari ko'riladi. Shuningdek, bo`limda jarrohlik aralashuvni talab qilmaydigan urologik kasalliklarga chalingan bemorlarni statsionar sharoitda ko‘rikdan o‘tkazish va tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati mavjud. Bo’lim hodimlari hushmuomala, yordamchi, yetarlicha professional, bo’lim ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va filialda statsionar sharoitda imkon qadar qulay qilish uchun ko’p ishlarni amalga oshiradi.

Matnazarov Egamnazar Nematjonovich 2 toifali urolog shifokor va hozirda 1- Urologiya bo'lim mudiri.



Atamurotov Suhrob Ravshanovich 1 toifali urolog shifokor
Matqurbonov Umrbek Baxtiyorovich 1 toifali urolog shifokor