13июн

Endourologiya bo'limi

Endourologiya bo'limi 2022 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, 7 ta palataga ega,  1 tasi bir kishilik, 4 tasi ikki kishilik palatalar. 2 tasi uch kishilik palatlar. Endourologiya bo'limida ovqatlanish xonasi, dispenser, muzlatgichlar mavjud. Bo’limda zarur mebellar, funktsional karavotlar, alohida sanitariya bloki bilan jihozlangan va televizor, muzlatgich va konditsioner mavjud.
     Bo`limda 2 nafar shifokor faoliyat yuritib bormoqda, Shulardan bo`lim mudiri oliy toifali shifokor Fattayev Rashid Farxodovich 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda,Nurmetov Farxod Ataxonovich ikkinch toifali shifokor 2014 yildan buyon ishlab kelmoqda, bo'limda 7 nafar hamshira, 5 nafar kichik tibbiy hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Endourologiya bo’limi – bu kasalxonaning bo’limi bo’lib, unda bemorlar operatsiyadan oldin va operatsiyadan keyingi davrda davolanadi, tashxis qo’yish va operatsiyadan oldingi tayyorgarlik uchun kasalxonaga yotqizilgan bemorlar, shuningdek, kasalxonada konservativ davo olayotgan bemorlar. Har yili bo’limda 600 ga yaqin bemorlar davolanadi, ularning aksariyati, prostata bezining yaxshi giperplaziyasi, erkaklar jinsiy a’zolarining kasalliklari, siydik yo’llarining onkologik kasalliklari, siydik etishmovchiligi, o`tkir siydik tutulishi va boshqalar ko'pgina "Urologik" kasaliklarga davo choralari ko'riladi. Shuningdek, bo`limda jarrohlik aralashuvni talab qilmaydigan urologik kasalliklarga chalingan bemorlarni statsionar sharoitda ko‘rikdan o‘tkazish va tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati mavjud.Bo’lim xodimlari xushmuomala, yordamchi, yetarlicha professional, bo’lim ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va filialda statsionar sharoitda imkon qadar qulay qilish uchun ko’p ishlarni amalga oshiradi.

Fattayev Rashid Farxadovich Endourologiya bo'limi mudiri endourolog


Nurmetov Farxod Ataxonovich Endourologiya bo'limi shifokori