04мар
Qiziqarli faktlar
1. Jinsiy aloqa va immunitet.
Jinsiy aloqa organizmni mustahkamlashga yordam beradi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga 2-3 marta jinsiy aloqada bo‘lish immunitetni oshirib,
shamollash va infeksiyalarga chidamlilikni kuchaytiradi.

2. Buyrak toshlari jaziramada ko‘payadi.
Issiq ob-havo buyrak toshlari shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Sababi – ko‘proq terlash va tanada suv kamayishi. Shuning uchun yozda suv ichishni ko‘paytirish kerak.

3. Erkaklar ham “peshob ushlash” bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.
Ko‘pchilik bu faqat ayollarga xos muammo deb o‘ylaydi,
lekin erkaklarda ham prostata bezining kattalashishi sababli siydikni ushlab turolmaslik kuzatilishi mumkin.

Telefonni shim cho‘ntagida olib yurish yoki noutbukni tizzaga qo‘yish spermatozoid sifatiga ta’sir qilishi mumkin,
lekin bu hali to‘liq isbotlanmagan. Lekin haddan tashqari issiqlik sperma ishlab chiqarishga salbiy ta’sir qilishi aniq.

Kofe va alkogol siydik haydovchi bo‘lib, ko‘p iste’mol qilinganda tanadan suv chiqib ketadi va organizm suvsizlanishi mumkin.
Bu esa buyraklar uchun zararli.

Urologik operatsiyalar qadim zamonlardan buyon mavjud.
Miloddan avvalgi 1500-yillarda Misr papiruslarida siydik yo‘llari muammolarini davolash bo‘yicha yozuvlar topilgan.
Shuningdek, Hindistonda miloddan avvalgi 500-yillarda buyrak toshlarini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlashgan.

Bularni bilarmidingiz !!!