05май
Oʼzbek va hind shifokorlari epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar sohasida hamkorlikni boshladi
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Hindistonning "Apollo Hospitals India Venture Co." klinikasi oʼrtasida imzolangan memorandum asosida hind mutaxassislari tomonidan Markaz va uning hududiy filiallarida mahorat darslari va seminar-treninglar oʼtkazilmoqda.
Markazda oʼtgan uchrashuvda hind klinikasi mutaxassislari oʼzbek shifokorlari bilan yuqumli kasalliklar, gepatologiya, gastroenterologiya, pediatriya, transplantologiya yoʼnalishlarida erishilgan ilgʼor natijalari boʼyicha fikr almashdi.
Shuningdek, markaz poliklinikasida "Apollo Hospitals" shifoxonasining koʼrik xonasi ochildi.