05май

Yurtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 159 ta xususiy shifoxona faoliyat yuritmoqda

Mamlakatimizda tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish, xorijiy sarmoyadorlarga moliyaviy imtiyozlar berish, bu orqali nodavlat shifoxonalar soni va ular koʼrsatadigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

Xususan, bu borada Prezidentimizning 6 ta farmon va qarorlari qabul qilinib, tibbiyotning xususiy sektori barcha soliq va bojxona toʼlovlaridan ozod qilindi. Qolaversa, har qanday tekshiruvlar Biznes Ombudsmani ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek:

 xorijlik shifokorlarning qisqa muddatga Oʼzbekistonga kelib ketish va yashash shartlari keskin soddalashtirildi;

 tibbiy turizm boʼyicha tibbiyot muassasalariga belgilangan bojlar bekor qilindi;

Natijada:

 Oʼzbekiston tibbiyotiga oxirgi 5 yilda qariyb 1 mlrd АQSh dollari hajmidagi investitsiyalar jalb etildi;

 soʼnggi 6 yilda mamlakatimizda xususiy klinikalar soni 2,5 baravarga koʼpayib, 8 mingtani tashkil etdi;

 yurtimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan xususiy shifoxonalar soni 159 taga yetdi.lan amalga oshirilishi belgilandi.