02май

Markaziy Osiyo mutaxassislari Londonda narkologiya boʼyicha tajriba almashdi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari U.Sabirov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyada “Treatnet II” global dasturi doirasida “Giyohvandlikni davolash va uning salomatlikka salbiy ta’siri” mavzusidagi muloqotlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari qatnashgan tadbirda giyohvandlikka qarshi kurashish xizmatlari sifati va samaradorligini boshqarish bo‘yicha Buyuk Britaniya tajribaci, shuningdek, klinik xavfsizlik talablari asosida davolash masalalari haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari Londondagi tegishli tashkilotlar bilan giyohvand moddalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.